Kaliforniya yana tabiiy ofat changalida
Mashhur shaxslarning uyi xavf ostida qoldi.

Kaliforniyada yuz berayotgan tabiiy ofat tufayli aholi zudlik bilan evakuatsiya qilinmoqda. AQSHning g‘arbiy qirg‘oqlarida kuchli yomg‘ir va shamol davom etmoqda.
Asosan boylar va taniqli odamlar yashaydigan Santa-Barbara okrugi xavfli hududga aylangan. U yerda teleboshlovchi Opra Uinfri hamda qirollik juftligi shahzoda Garri va Megan Markl yashaydi.
Kaliforniyada federal favqulodda holat joriy etilgan. 24 kishi halok bo‘lgan, qurbonlar suv toshqini, elektr uzatish liniyalari va qulagan daraxtlar sababli hayotdan ko‘z yumgan.








