Ramzan Qodirov tanqid qilgan rus generali yuqori lavozimga tayinlandi
U oktyabrda Rossiyaning Ukrainada harakat qilayotgan “Markaz” qo‘shinlar guruhi qo‘mondonligidan chetlatilgandi.

General-polkovnik Aleksandr Lapin Rossiya qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari bosh shtabi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Oktyabr oyida u RFning Ukrainadagi “Markaz” qo‘shinlar guruhidan chetlatilgan edi. bungacha u Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojinning tanqidlariga uchragandi.
Xususan, Qodirov uni Liman shahrini yo‘qotilishida ayblagandi. U Lapinni “qobiliyatsiz” deb atagan.
2022 yilning 4 iyul kuni Vladimir Putin 58 yoshli generalga Rossiya qahramoni unvonini bergandi.







