Saudiya Arabistoni Haj ziyoratiga qo‘yilgan koronavirus cheklovlarini bekor qildi
Podshohlik rasmiylari so‘nggi uch yil ichida COVID-19 tarqalishi sababli Hajga ziyoratchilar sonini cheklab qo‘ygandi.

Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus pandemiyasi sababli Haj ziyoratiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Anadolu agentligi maʼlum qildi.
«Ziyoratchilar soni pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetadi, yosh bo‘yicha cheklovlar qo‘yilmaydi», — dedi Podshohligining Haj va umra vaziri Taufik ar-Rabia.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, endi ular Saudiya Arabistonida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha istalgan vakolatli kompaniya bilan shartnoma tuzishlari mumkin.
«Biz hamkorlarimiz bilan birgalikda ziyoratchilarning yetib kelish tartiblarini osonlashtirish uchun NUSK platformasini ishga tushirdik», — dedi Taufik ar-Rabia.
Saudiya Arabistoni rasmiylari so‘nggi uch yil ichida COVID-19 tarqalishi sababli Hajga ziyoratchilar sonini cheklab qo‘ygan edi.







