Yaponiyaning marhum bosh vaziri Abening qotili aqlan sog‘lom deb topildi
Shu munosabat bilan u yopiq tibbiyot muassasasidan Nara shahar politsiyasi qamoqxonasiga o‘tkazildi.

O‘tgan yozda mamlakatning sobiq bosh vaziri Sindzo Abeni otib o‘ldirgan yaponiyalik ishsiz Tesuya Yamagami o‘tgan yilning iyul oyidan buyon o‘tkazilayotgan majburiy psixiatrik tekshiruvdan so‘ng aqli raso deb topildi.
Shu munosabat bilan u yopiq tibbiyot muassasasidan Nara shahar politsiyasi qamoqxonasiga o‘tkazildi. Bu haqda TBS xabar berdi.
Yamagami, shuningdek, 13 yanvargacha qotillik va noqonuniy qurol saqlashda ayblanishi mumkin.







