Jahon

Anomal sovuqda qo‘shni davlat taʼlim muassasalarida vaziyat qanday?

Mintaqamizda ob-havoning keskin sovib ketishi taʼlim muassasalarida qishki taʼtilning cho‘zilishiga sabab bo‘lmoqda.

Anomal sovuqda qo‘shni davlat taʼlim muassasalarida vaziyat qanday?

 

Ayni paytda qo‘shni mamlakatlardagi o‘quvchilar uchun qishki taʼtil vaqti hali tugagani yo‘q. Masalan, Tojikistonda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar barcha taʼlim muassasalarida qishki taʼtil 16 yanvargacha uzaytirilgan.

 

“Xovar” axborot agentligining mamlakat taʼlim va fan vazirligi matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, Tojikiston Respublikasi taʼlim va fan vazirining joriy yil 10 yanvarda chiqargan «maktabgacha va umumtaʼlim muassasalari o‘quvchilarining qishki taʼtilini uzaytirish haqidagi buyrug‘i” chiqqan. Shunga asosan barcha maktablarda o‘quvchilarning qishki taʼtili 16 yanvargacha uzaytirildi.

 

Xabarda taʼkidlanishicha, taʼtil vaqtida qoldirilgan darslar 2022-2023 o‘quv yilining ikkinchi yarmi uchun tasdiqlangan alohida qo‘shimcha mashg‘ulotlar jadvali bo‘yicha bahorgi va yozgi taʼtil kunlari hisobidan qoplanadi.

 

Tojikistonda ham 10 yanvardan 15 yanvargacha harorat 15-20 darajagacha sovib ketishi maʼlum qilingan. Shuningdek, xabarda mamlakatning ayrim hududlarida tungi harorat – 24 darajagacha tushishi aytilgan.

 

Qozog‘istonning ham ko‘plab hududlarida maktablarda darslar onlayn formatga o‘tkazildi

 

“Kazinform” agentligining yozishicha, 11 yanvardan Sharqiy-Qozog‘iston viloyatining ayrim shaharlarida 4-sinfgacha, boshqa shaharlarida 9-sinfgacha mashg‘ulotlar bekor qilingan.

 

Pavlodarda ham mashg‘ulotlar masofaviy shaklda olib borilmoqda. Viloyat markazida havo harorati -29 darajagacha qayd etilmoqda, deb yozmoqda Pavlodarnews.kz sayti. Shuningdek, Qarag‘anda, shaharlari, Abay, Atirou, Aktyube  viloyatlarida mashg‘ulotlar onlayn formatga o‘tkazilgan.

 

Poytaxt Ostanada ham maktab o‘quvchilari kollej talabalari masofaviy taʼlim shakliga o‘tkazildi, deyiladi xabarda.

 

Qirg‘izistonda ham bahorgi taʼtillar qishki taʼtil uzaytirilgani sababli qisqa bo‘ladi 

 

Qirg‘izistonda ham qahraton sovuq qishki taʼtilning uzaytirilishiga sabab bo‘lmoqda, natijada bahorgi taʼtillar qisqaradigan bo‘ldi, deb xabar tarqatdi Qirg‘iziston Respublikasi taʼlim vazirligi. 

 

2022-2023 o‘quv yili uchun belgilangan o‘quv rejasiga o‘zgartirish va to‘ldirilish kiritiladi:

 

- qishki taʼtil 2022 yil  30 dekabrdan 2023 yil 15 yanvargacha uzaytiriladi. Mashg‘ulotlar 2023 yil 16 yanvardan boshlanadi;

- bahorgisi 22 martdan to 2023 yil 26 martgacha bo‘lib, mashg‘ulotlar 2023 yil 27 martdan boshlanadi.

 

Maktabgacha taʼlim muassasalari sanitar-epidemiologik nazorat tashkilotlarining ko‘rsatmasi bo‘yicha ishlaydi, deyiladi “Kabar” axborot agentligi tarqatgan xabarda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Anomal sovuqda qo‘shni davlat taʼlim muassasalarida vaziyat qanday? | Zamon.uz