AQSHda barcha ichki aviareyslar bekor qilindi
Vaziyatni Bayden ham kuzatib bormoqda.

AQSH Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) kompyuter tizimidagi nosozlik tufayli minglab ichki reyslarni bekor qildi.
Mamlakat bo‘ylab 2500 ga yaqin avialaynerlar parvoz qilish uchun ruxsat olmagan. Prezident Jo Bayden vaziyatni shaxsan o‘zi kuzatib turganini maʼlum qildi.
NOTAM tizimida nosozlik yuz bergan. NOTAM bu — parvozlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xavf to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan, telekommunikatsiyalar orqali tarqatiladigan xabarnoma tizimidir.
Keyinroq FAA tizimdagi xatolar tuzatilgani, havo operatsiyalari asta-sekin yaxshilanayotgani va parvozlar tiklangani haqida xabar berdi.







