O'zbekiston

Diplomatik kadrlarni tayyorlash tartibi belgilandi

Bu bo‘yicha hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Diplomatik kadrlarni tayyorlash tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom bilan quyidagi lavozimlarga tayinlash maqsadida kadrlar zaxirasiga tanlangan shaxslar (nomzodlar) Diplomatik akademiya o‘quv kurslarida malaka oshirish uchun yuboriladi:

 

— O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi;

— O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili;

— Bosh konsul, konsul;

— O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalardagi maslahatchi-vakili, maslahatchisi (shu jumladan, savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha), birinchi kotibi, ikkinchi kotibi, uchinchi kotibi, attashesi.

 

O‘quv kurslarining maqsadi diplomatik kadrlar zaxirasi uchun tanlanadigan shaxslarning kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish hisoblanadi.

 

O‘quv kurslari anʼanaviy va masofaviy shakllarda tashkil etiladi.

 

O‘quv kurslari tinglovchilari o‘qishni tugatgandan so‘ng yakuniy imtihon topshiradi.

 

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

 

Maʼlumot uchun: Mazkur Diplomatik akademiya Prezidentning 2022 yil 23 iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Diplomatik kadrlarni tayyorlash tartibi belgilandi | Zamon.uz