“Putinning qadrdoni” Ukraina fuqaroligidan ayrildi
Viktor Medvedchuk Oliy Rada sobiq deputati hisoblanadi. 2022 yil sentyabrida u Rossiya bilan asirlar almashinuvida Moskvaga topshirilgandi.

Vladimir Zelenskiy Viktor Medvedchuk va boshqa uch deputat — Taras Kozak, Andrey Derkach va Renat Kuzminni Ukraina fuqaroligidan mahrum qildi. Bu haqda u kechki videomurojaatida maʼlum qilgan.
«Ukraina xavfsizlik xizmati va davlat migratsiya xizmatlari tomonidan tayyorlangan materiallar asosida va mamlakatimiz Konstitutsiyasiga tayanib to‘rt shaxsning fuqaroligini bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qildim”, — degan Ukraina rahbari.
Medvedchuk OAVda “Putinning qudasi” nomi bilan mashhur. U Ukraina Oliy Radasi deputati bo‘lgan. Siyosatchi davlatga xiyonatda ayblangan. 22 sentyabr kuni Rossiya bilan asirlar almashinuvi jarayonida sobiq deputat Moskvaga topshirildi.







