Uchinchi jahon urushi bo‘lmaydi — Zelenskiy
Ukraina rahbari “Oltin globus” kino mukofotlari marosimida nutq so‘zladi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “Oltin globus” kino mukofotlari marosimida videomurojaat orqali nutq so‘zladi. Bu haqda «Korrespondent» nashri yozmoqda.
U o‘z nutqida dunyoda Uchinchi jahon urushi bo‘lmasligini va Ukraina yerlarida Rossiya tajovuzi to‘xtatilishini aytib o‘tgan.
“Birinchi jahon urushi millionlab odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi esa o‘n millionlab odamlarni qurbon qildi. Uchinchi jahon urushi bo‘lmaydi. Bu trilogiya emas... Ukrainadagi urush hali tugamagan, ammo vaziyat o‘zgarib bormoqda va kim g‘alaba qozonishi allaqachon aniq... Umid qilamanki, barchangiz g‘alabamiz kuni biz bilan bo‘lasiz”, — degan Ukraina yetakchisi.
Zelenskiyning nutqini Ukrainaga bir necha bir necha bor tashrif buyurgan aktyor Shon Penn taqdim etgan.







