Andijonda ikki yigit Lacetti‘ning orqasiga arqon bog‘lab chana uchdi — video
Viloyat IIB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Andijon shahrida 11 yanvar kuni soat 01:00 da ikki nafar shaxs qorda sirpanish maqsadida o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Lacetti avtomobilining orqasiga arqon yordamida chana bog‘lab, katta yo‘lda xavfli harakatlarni sodir etishgani aniqlandi.
Haydovchi va chana ustida bo‘lgan 2 nafar fuqaroga hech qanday tan jarohati yetmagan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB tomonidan ushbu fuqarolarga nisbatan tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi.







