Jahon

Angola, Malavi, Zambiya: dunyo unutayotgan inqirozlar

Ular haqida OAVlar deyarli yozmaydi.

Angola, Malavi, Zambiya: dunyo unutayotgan inqirozlar

 

2022 yilda dunyo nazaridan chetda qolgan inqirozli davlatlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni Angola, Malavi va Markaziy Afrika Respublikasi egalladi. CARE xalqaro xayriya tashkiloti tomonidan jahon ommaviy axborot vositalari deyarli yozmaydigan 10 ta “unutilgan gumanitar inqirozlar”ning yillik ro‘yxati taqdim etildi.

 

Ro‘yxatda birinchi bo‘lib so‘nggi 40 yil ichida eng kuchli qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan Angola joylashgan. Hisobotda aytilishicha, bu mamlakatda 4 millionga yaqin odam ochlikdan aziyat chekmoqda, 5 yoshgacha bo‘lgan 100 mingdan ortiq bola to‘yib ovqatlanmaydi. Ayni paytda bu Afrika davlatidagi vaziyatga atigi 1847 ta material bag‘ishlangan. Taqqoslash uchun: aktyorlar Jonni Depp va Ember Xerd o‘rtasidagi sud kurashi haqida xuddi shu davrda va bir xil tillarda 217 201 ta maqola chop etilgan.

 

Keyingi o‘rinlarni ustuvorlik tartibida aholisi ochlik, shuningdek, o‘ta qashshoqlik, qurolli to‘qnashuvlar, o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan Malavi, Zambiya, Chad, Burundi, Zimbabve, Mali, Kamerun va Niger egalladi.

 

“Afrika mamlakatlaridagi yomon vaziyatning jahon matbuoti tomonidan deyarli to‘liq yoritilmagani tashvish uyg‘otadi”, — deydi CARE xalqaro dasturlar bo‘yicha vitse-prezidenti Klodin Avyu.

 

“BMT yaqinda Afrikada tarixiy oziq-ovqat inqirozi haqida ogohlantirdi. Biz uni har kuni kuzatamiz. Ota-onalar farzandlari och qolmasligi uchun o‘zlari ovqat yeyishmaydi. Dalalar qurimoqda, chorva mollari nobud bo‘lyapti. Oilalar uylarini tark etishga majbur”- deya qo‘shimcha qilgan Avyu.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar dunyo hamjamiyati ularga eʼtibor qaratmasa, oqibati yana-da halokatli bo‘ladi. Tashkilot ekspertlari kamida 1 million kishiga taʼsir ko‘rsatgan inqirozlar qayd etilgan 5,8 million onlayn nashrlarni tahlil qilishdi. 2022 yilda iqlim o‘zgarishi, qurg‘oqchilik, mojarolar va urushlar tufayli dunyo bo‘ylab 47 ta shunday inqiroz qayd etilgan. CARE 2016 yildan beri “unutilgan” inqirozlar haqida hisobot berib keladi.

 

2021 yilda Ukraina ushbu reytingda ikkinchi o‘rinda edi. Rossiyaning keng ko‘lamli harbiy agressiyasi boshlanishi bilan vaziyat keskin o‘zgardi: urush haqida 2,2 million internet nashrida xabar berilgan. Endi Ukrainadagi mojaro jahon ommaviy axborot vositalari eng ko‘p yozadigan inqiroz va boshqa ofatlardan katta farq bilan bormoqda.

 

Bosh qarorgohi Jenevada joylashgan Kooperativ yordam ko‘rsatish xalqaro xayriya tashkiloti 1945 yilda Ikkinchi jahon urushi oxirida Yevropada ochlik va qashshoqlikka qarshi kurashish uchun tashkil etilgan. Hozir bu NNT mahalliy hamkorlar tarmog‘i tufayli dunyoning 102 mamlakatida faoliyat yuritmoqda.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Angola, Malavi, Zambiya: dunyo unutayotgan inqirozlar | Zamon.uz