Toshkentda bepul osh tarqatilmoqda
Bu haqda shahar hokimligi maʼlum qildi.

Sovuq ob-havo sharoitida Toshkent shahar hokimligi tomonidan 12-yanvardan 16-yanvarga qadar aholiga to‘yxonalarda bepul osh tarqatish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ushbu manzillarga yegulikka muhtoj aholi qatlami, kam taʼminlangan oilalar, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi, Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tashrif buyurishlari mumkin.
Bepul osh Shayxontohur tumanidagi «Versal», Chilonzor tumanidagi “Afruz”, Uchtepa tumanidagi “Vatan”, Yakkasaroy tumanidagi “Tabassum”, Yangihayot tumanidagi «Shedevr» to‘yxonalarida, shuningdek, Yashnobod tumanidagi “Go‘zal” mahalla idorasida tarqatiladi.








