O'zbekiston

Zargarlik buyumlarini bojxonadan olib kirish tartibi yengillashadi

Shuningdek, zargarlik buyumlarini sotuvchi tadbirkorlarga chegirmalar beriladi.

Zargarlik buyumlarini bojxonadan olib kirish tartibi yengillashadi

 

Zargarlik sohasi mahalliy sanoatning asosiy drayverlaridan biriga aylantiriladi. Bu haqda prezidentning 11 yanvar kuni qabul qilingan qarorida nazarda tutilgan.

 

Qarorga muvofiq, endilikda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar qimmatbaho metallarni tovar-xomashyo birjasi orqali 15 foizlik avans to‘lovini amalga oshirgan holda kechiktirib to‘lash sharti bilan sotishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu tartib 2026 yil 1 yanvariga qadar amal qiladi.

 

Zargarlik buyumlarini sotuvchi tadbirkorlarga chegirmalar beriladi

 

Shuningdek, 1 fevraldan boshlab 2026 yil 1 fevralga qadar "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" tomonidan ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda tadbirkorlarga chegirmalar beriladi.

 

Chegirmalar quyidagi tartibda taqdim etiladi:

 

100 dan 300 tagacha ish o‘rinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga - London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksing narxining 1 foizi miqdorida;

300 dan 500 tagacha ish o‘rinlarini yaratganlarga -2 foizi miqdorida;

500 dan 1000 tagacha ish o‘rinlarini yaratganlarga -3 foizi miqdorida;

1000 ta va undan ortiq ish o‘rinlarini yaratganlarga -4 foizi miqdorida.

 

Zargarlik buyumlarini O‘zbekiston tashqarisiga olib chiqish tartibi

 

Shu yilning 1 fevraldan boshlab, rezident va norezident jismoniy shaxslar qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan tashqariga olib chiqish huquqiga ega bo‘ladi.

 

Agarda zargarlik buyumlari 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lsa yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida olib chiqiladi.

 

Shuningdek, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga - zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda, maʼlumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruxsat etiladi.

 

2023 yil 1 fevraldan boshlab affinaj korxonalari va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar qimmatbaho metallar va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud bo‘lgan xomashyoni bojxona hududida qayta ishlash, bojxona rejimiga joylashtirish va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud bo‘lgan qayta ishlash mahsulotlarini tashqariga olib chiqishda maxsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya olish majburiyatidan ozod etiladi.

 

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha o‘quv kurslar tashkil etiladi

 

Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida Italiya, Turkiya kabi xorijiy davlatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda maxsus o‘quv kurslari tashkil etiladi.

 

Kurslarni muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikat olgan shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va asbob-uskunalarni sotib olish maqsadlari uchun 50 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Zargarlik buyumlarini bojxonadan olib kirish tartibi yengillashadi | Zamon.uz