Jahon

Jonson yana Ukrainaga bormoqchi

Britaniya sobiq bosh vaziri o‘tgan yili uch marta Zelenskiy bilan uchrashgandi.

Jonson yana Ukrainaga bormoqchi

 

Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson tez orada Ukrainaga tashrif buyurishi mumkin. The Guardian maʼlumotlariga ko‘ra, bu orqali amaldagi hukumat rahbari Rishi Sunakning mavqeiga jiddiy putur yetkazilishi mumkin.

 

Konservativ partiyaning qator yuqori martabali amaldorlari tashrif ortidan Zelenskiy va Sunak munosabatlari sovuqlashishidan xavotir bildirgan.

 

"Nizo hali-beri tugamaydi. Boris Daunmpn-stritni to‘liq qo‘llab-quvvatlamasligini bildirishi kerak emas. Uning tashrifi esa London va Kiyevning rasmiy kanallar orqali berayotgan signallariga xalal bermasligi lozim", — degan Britaniya parlamenti aʼzosi, konservator Tobias Ellvud.

 

Ukrainadagi manbalar Jonsonda haqiqatdan ham tashrif bo‘yicha rejalar borligini, ammo uning aniq sanasini bilmasligini maʼlum qilgan. Sobiq bosh vazirning rasmiy vakili esa ushbu xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi.

 

Boris Jonson o‘tgan yili, hukumat rahbari bo‘lib turganda Ukrainaga uch marta tashrif buyurgan. Amaldagi bosh vazir Rishi Sunak esa 2022 yil noyabrida Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgandi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"