Jahon

Qirg‘izistonda Asqar Akayevga nisbatan tergov ishlari to‘xtatildi

Mamlakat birinchi prezidenti "Qumtor" oltin koni bo‘yicha jinoyat ishi doirasida bir necha tergovga chaqirilgan edi.

Qirg‘izistonda Asqar Akayevga nisbatan tergov ishlari to‘xtatildi

 

Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi mamlakatning birinchi prezidenti Asqar Akayevga nisbatan «Qumtor» oltin koni bilan bog‘liq jinoiy ish bo‘yicha tergovni to‘xtatdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

 

Shunday qilib, Akayevga qo‘yilgan barcha jinoiy ayblovlar olib tashlandi. Avvalroq Qirg‘izistonning birinchi rahbariga nisbatan boshqa epizodlar bo‘yicha tergov ishlari to‘xtatilgan edi.

 

Oilasi bilan Moskvada yashab kelayotgan Akayev o‘tgan yili va 2021 yilda«Qumtor» ishi bo‘yicha guvohlik berish uchun vataniga kelgan. Bu kon Qirg‘izistonning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, yiliga 15 tonnaga yaqin oltin qazib olinadi. Ilgari uni o‘zlashtirish bilan kanadalik investorlar shug‘ullangan, keyinroq kon milliylashtirildi.

 

2005 yil aprel oyida Akayev va uning oila aʼzolariga nisbatan bir necha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, shu jumladan korrupsiya moddasi bo‘yicha. Hozirda ularning barchasi to‘xtatilgan yoki tugatilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Qirg‘izistonda Asqar Akayevga nisbatan tergov ishlari to‘xtatildi | Zamon.uz