Toshkentda 17 ta mashina YTHga uchradi
Holat bo‘yicha IIBB YHXB maʼlumot berdi.

Kecha, 12-yanvar kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 17 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 20:40 larda Yunusobod tumanining “Yangi shahar” ko‘chasida yuz bergan. Unda 2 ta Nexia–3, 2 ta Nexia–1, 1 ta Mercedes Benz, 1 ta Best tune T 33, 1 ta Damas, 5 ta Matiz, 2 ta Spark, 1 ta Kia K 5, 1 ta Volksvagen va 1 ta Isuzu rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashgan.
YTH oqibatida 1 nafar haydovchi va yo‘lovchi tan jarohati olgan, hozirda ular shifokorlar nazoratida.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








