Volgogradni Stalingrad deb o‘zgartirish taklif qilindi
Shaharga Stalingrad nomini berish rossiyaliklarga Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g‘alabani eslatib turadi.

Maxsus operatsiyada ishtirok etayotgan ko‘ngilli askarlardan bir nechasi Rossiyaning Volgograd shahri nomini uning avvalgisi — Stalingradga o‘zgartirishni tashabbusi bilan chiqishdi.
RIA Novosti tarqatgan videolavhada bir necha harbiy kiyimli jangchilar bu haqida o‘z fikrini bildirgan. Harbiylar aytishiga ko‘ra, shaharga Stalingrad nomini berish rossiyaliklarga Ikkinchi jahon urushi yillari janglarida qurbon bo‘lganlarning xotirasini shod etadi va bugungi yoshlarga Stalingrad jangida erishilgan buyuk g‘alabani eslatib turadi.
Maʼlumot uchun: bugungi Volgograd shahri 1925 – 1961 yillarda Stalingrad nomida bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushi yillarda nemis armiyasi Stalingradda o‘zining eng yirik mag‘lubiyatiga uchragan. Sovet qo‘shinlari shahar atrofida ulkan halqa tashkil qilishga muvaffaq bo‘lishgan. 1943 yilning 31 yanvar kuni qurshovda qolgan nemis generali Paulyus taslim bo‘lgan. Stalingrad jangida nemislar va ularning ittifoqchilari (Italiya, Ruminiya) umumiy yo‘qotishlari 1,5 mln. kishini tashkil qilgan, 91 nemis askarlari asirga olingan.







