Xitoy 2023-yilda 60 dan ortiq kosmik parvozlarni amalga oshiradi
Shuningdek, mamlakat Oy va Marsni tadqiq qilish loyihalari doirasida Xitoy yangi avlod zondlarini yaratadi.

Xitoy 2023-yilda 60 dan ortiq kosmik parvozlarni amalga oshirishni va shu bilan milliy kosmonavtika tarixida yangi rekord o‘rnatishni rejalashtirmoqda.
Unga ko‘ra, Xitoy aerokosmik fan va texnologiya korporasiyasi 50 dan ortiq kosmik parvozlarni amalga oshiradi.
2023-yilda birinchi parvozni ekologik toza yoqilg‘ida ishlaydigan uch bosqichli «Chanchjen-6» modifikasiyasi bo‘lgan «Chanchjen-6V» raketasi amalga oshiradi.
«ZK-1 Y2» modifikasiyasining kuchli qattiq yonilg‘i raketasining debyuti joriy yilning birinchi yarmida kutilmoqda.
2023-yilga mo‘ljallangan rejalarga ko‘ra, Xitoyning birinchi orbital kosmik stassiyasiga taykonavtlar va yuklarni yetkazib berish uchun turli modifikasiyadagi «Chanchjen» tashuvchi raketalaridan foydalanish davom etadi.
Bundan tashqari, Oy va Marsni tadqiq qilish loyihalari doirasida Xitoy yangi avlod zondlarini yaratish ustida ishlashni davom ettiradi. «Chan’e-7» Oy zondining ishga tushirilishi Oyning janubiy qutbida suv izlash uchun mo‘ljallangan.







