Farg‘onada 2 ta uy yonib ketdi
Holat bo‘yicha FVB maʼlumot berdi.

Bugun, 14 yanvar kuni Farg‘ona shahridagi xonadonlarning birida yong‘in chiqdi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Hodisa soat 14:15 da Farg‘ona shahrining «M.Ulug‘bek» MFY hududidagi xonadonlarning birida yuz bergan. Behzod ko‘chasida joylashgan 20-uyning 26-xonadonida oshxonaning 20 kvadratrat metr ichki qismi yongan.
Yong‘in tarqalishi natijasida 30-xonadonda uyning 5 kvadrat metr maydonda balkonning deraza-rom qismlari yongan.
FVB xodimlari voqea joyiga soat 14:20 da yetib borib, yong‘inni 14:35 da o‘chirishgan. Yong‘indan uyning 120 kvadrat metrt maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olgan va jabrlanganlar yo‘q.








