G‘arb nima uchun Ukrainaga yordamni kuchaytirdi?
Kiyevga ilgari rad etilgan qurollar yuborilmoqda.

G‘arb Ukrainani bahorgi hujumga tayyorlay boshlaganga o‘xshaydi, deb yozadi "Nyu-York Times".
Nashr nima uchun so‘nggi bir necha hafta ichida baʼzi G‘arb davlatlari to‘satdan Kiyevga ilgari rad etilgan qurollarni yuborishga qaror qilganiga eʼtibor qaratdi.
AQSH va Germaniya - eng yangi Patriot havo mudofaa tizimlarini taqdim etdi. Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Polsha va Qo‘shma Shtatlar turli xil zirhli transport vositalarini yuborishni maʼqulladi.
Buning sababi, Ukrainada Rossiya armiyasining bahorgi ehtimoliy hujumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun juda kichik imkon qolgan va G‘arb buni yaxshi biladi, deyiladi xabarda.
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy yaqinda jang maydonidagi tashabbusni to‘liq egallash uchun Ukraina qo‘shinlariga G‘arb uslubidagi 300 ga yaqin og‘ir tanklar va 600 ga yaqin boshqa zirhli texnikalar zarurligini aytgan va ushbu so‘rov javobsiz qolmayapti.







