Sankt-Peterburgda “maxsus harbiy amaliyot” taqdiri hal bo‘layotgani aytilmoqda
O‘tgan yilning 24 fevralidan buyon Rossiya-Ukraina qurolli mojarosi davom etmoqda.

Sankt-Peterburgda “maxsus harbiy amaliyot” taqdiri hal bo‘lmoqda. Bu haqda Zaporojye viloyatining rossiyaparast maʼmuriyati vakili Vladimir Rogov maʼlum qildi.
“Shimoliy poytaxtda vatanimiz taqdiriga oid ko‘plab masalalar hal etilgan. Qandaydir maʼnoda hozir ham shunday. Eng kamida “maxsus harbiy amaliyot” taqdiri, aniqrog‘i u qanday ssenariyda olib borilishi muhokama qilinmoqda”, – deb yozgan u o‘z Telegram kanalida.
Shu bilan birga amaldor bir necha soat ilgari Peterburgga kelishi haqida hatto o‘ylamaganini taʼkidlagan.
Rossiya Ukraina 2022 yil 24 fevralda bostirib kirdi. Sentyabr oyida u Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporojye viloyatlarining bosib olingan qismlarini o‘z hududiga qo‘shib oldi.







