Xitoyda neft isteʼmoli tarixiy darajaga yetishi kutilmoqda
Bu esa global talabning va narxlarning ko‘tarilishiga olib keladi.

Koronavirusga qarshi cheklovlar bekor qilinganidan keyin Xitoyda neft isteʼmoli bu yil rekord darajaga yetishi kutilmoqda. Bu esa global talab va narxlarni oshirishga olib keladi.
Tahlilchilarning o‘rtacha prognoziga ko‘ra, Xitoyda talab 2023-yilda kuniga 800 ming barrelga oshadi. Natijada talab tarixiy eng yuqori darajaga ko‘tarilib, taxminan 16 million barrelni tashkil etadi.
2022-yilda ichki isteʼmol bir yil avvalgi 15,3 million barreldan 15,2 million barrelga qisqardi.
Ikkinchi chorakdan boshlab talabning tiklanishi tezlashishi kutilmoqda, chunki sayohat va havo qatnovlari, ayniqsa, xalqaro reyslar asta-sekin tiklanadi.
Xalqaro energetika agentligi dekabr oyida 2023-yilda Xitoy va Hindistonda isteʼmolning ortishi tufayli global talab kuniga 1,7 million barrelga o‘sishini prognoz qildi.








