Yangi vazir Turkiya universiteti faxriy professori bo‘ldi
Universitet rektori vazir faoliyatini ijobiy baholadi.

Sog‘liqni saqlash vaziri A.Inoyatovga mamlakatlarimiz o‘rtasida tibbiy ta’limni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun Turkiya Sog‘lik bilimlari universitetining faxriy professori unvoni berildi.
O‘quv yurti rektori, professor Javdat Erdol uchrashuv chog‘ida Sog‘lik bilimlari universitetining O‘zbekiston tibbiyoti bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirishdagi alohida sa’y-harakatlari uchun vazirga minnatdorlik bildirdi.







