Dunyoda qancha bobo va buvi bor?
The Economist bu bo‘yicha maʼlumotlarni ochiqladi.

Dunyoda bobo va buvilar soni 1960-yilga nisbatan 0,5 milliardga oshdi va hozirda ularning soni 1,5 milliardni tashkil etmoqda. Bu haqda The Economist tahlilchilari maʼlum qildi.
“2050-yilga borib bobo va buvilar soni 2,1 milliardga yetadi (sayyora aholisining 22 foizi). Ularning soni 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar sonidan ko‘p bo‘ladi”, – deyiladi hisobotda.
Hozirda qari odamlar Yer aholisining 20 foizini tashkil etmoqda. Tahlilchilar ushbu tendensiya kelajakda “ijtimoiy inqilob”ga sabab bo‘lishini taxmin qilgan.
Dekabrda Garvard universiteti iqtisodchilarining Xalqaro valyuta jamg‘armasi uchun tayyorlagan maqolasi eʼlon qilingandi. Unda global demografiya uchun asosiy trend aholining qarishi ekanligi qayd etilgan.








