Koson XTB binosida yong‘in chiqdi
Hodisa oqibatida unga yondosh uy ham zarar ko‘rgan.

Kecha, 14-yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida XTB binosida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat FVB xabar qildi.
Qayd etilishicha, soat 20:17 larda Koson tumani “Saripul” MFY “Mustaqillik” shohko‘chasida joylashgan Xalq ta’limi bo‘limining qo‘chimcha 1 qavatli binosida yong‘in chiqqan.
Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi jalb qilinib, manzilga soat taxminan 20:20 da yetib borgan va yong‘in to‘liq soat 21:20 larda bartaraf etilgan.
Yong‘indan binoning taxminan 40 metr kvadrat maydoni va unga yondosh fuqaro Z.Q.ga tegishli uyning 10 metr kvadrat maydonda tom qismi zarar ko‘rgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari mutaxasislar tomonidan aniqlanmoqda.
Voqea joyiga Koson tuman sektor rahbarlari va FVB mas’ullari yetib borishgan.








