Vaziyat o‘ta jiddiy: Xitoyda oxirgi bir oyda o‘n minglab odamlar koronavirus qurboniga aylandi
Asosan, yoshi kattalar vafot etmoqda. Fevralda Pekin aholisining 92 foizi koronavirusga chalinishi prognoz qilinmoqda.

Xitoyda 2022-yilning 8-dekabridan joriy yilning 12-yanvariga qadar COVID-19 bilan bog‘liq 59938 ta o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda Xitoy OAVlari maʼlum qildi.
Ularning 5,5 ming nafari respirator muammolar oqibatida vafot etgan, 54 ming holatda esa koronavirus odamlardagi boshqa kasalliklarni kuchaytirib yuborgan. Vafot etganlarning o‘rtacha yoshi 80 yoshni tashkil etmoqda.
Olimlar o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, fevralda Pekin aholisining 92 foizi COVID-19‘ga chalinadi.
Dekabrda Xitoy rasmiylari ko‘plab karantin cheklovlarini bekor qildi. Oqibatda aholi orasida koronavirus bilan kasallanish holatlari keskin ko‘paydi. Ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatda 900 million aholi kasallikka chalingan.








