Anomal sovuq sharoitida avtosaroylarda qanday texnik choralar ko‘rildi?
Yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq 86 ta kamchiliklar aniqlanib, 85 tasi bartaraf etilgan.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati boshlig‘i Muzifa Sultanova Toshkent shahrida jamoat transporti tizimidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha idoralararo tezkor shtab tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.
Bugunga qadar:
– Avtobuslar sonini ko‘paytirish uchun vazirlik va idoralardan qo‘shimcha 55 ta idoraviy avtobus vaqtincha jalb etildi (Ichki ishlar vazirligidan 30 ta, Milliy gvardiyadan 25 ta), “Samavto” zavodidan 178 dona yangi avtobuslar olib kelindi.
- Har kuni yo‘lovchilarni tashishga jalb etilgan avtobuslar soni kunlik o‘rta hisobda 1 070 taga yetkazildi, natijada avtobuslar harakatlanish oralig‘i 10 daqiqagacha qisqardi.
- Tirband yo‘nalishlarga 80 dona avtobuslarni qo‘shimcha jalb etish imkoniyati yaratildi;
- Avtobus saroylari Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga biriktirildi (IIVga – 7, 8 va 18-avtosaroylar, Milliy gvardiyaga – 1, 2, 5-avtosaroylar, FVVga – 4, 12-avtosaroylar biriktirildi);
- Fuqarolar orasida olib borilgan targ‘ibot ishlari orqali tadbir boshidan 1 042 nafar fuqarolar haydovchi sifatida ishga joylashish xohishini bildirgan bo'lib, o‘tkazilgan tanlov va tibbiy ko‘rikning ijobiy xulosasiga binoan 655 nafar “D va E” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan yangi haydovchilar ishga olindi. Lavozimga 230 nafar yangi tayinlangan haydovchilar amaliyotni o‘tashlari uchun avtobus saroylariga yuborildi;
- Avtobus yo‘nalishlarida yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq 86 ta kamchiliklar aniqlanib 85 tasi bartaraf etilib, 916 km yo‘l chiziqlari yangilanib, qo‘shimcha 157 dona yo‘l belgilari o‘rnatildi.
- Tirband 5 ta ko‘chalarda avtobuslar uchun alohida yo‘laklar ajratilib, barcha zaruriy yo‘l chiziqlari va yo‘l belgilari bilan qayta jihozlandi. Yo‘laklar Yunusoboddagi “Amir Temur” va “Rixsiliy”, Miroboddagi “Farg‘ona yo‘li”, Shayxontohurdagi “Alisher Navoiy” va Bektemirdagi “Bektemir shoh” ko‘chalarida tashkil etilgan.
- Bunday joylarda yo‘nalishli transport vositalarining harakatiga halaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish, qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo‘lakka o‘tishga ruxsat etiladi.
- Bundan tashqari, ushbu yo‘laklardan tezkor va kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifasini bajarish vaqtida ko‘k yoki qizil - ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan holda harakatlanayotgan transport vositalari ham yurishi mumkin.
- Yo‘nalishli transportlar harakati uchun mo‘ljallangan tasmalarda harakatlanish yoki to‘xtash bilan bog‘liq qoidalarni buzgan haydovchilar uchun javobgarlik belgilangan.
2023-yil 17-yanvar kuni holatiga:
- Avtobuslarning yo‘nalishda yuzaga kelgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida, 24 nafar texnik xodimlardan iborat jami 8 ta brigadalar tuzilib, ularga shatakka olishga mo‘ljallangan 16 ta maxsus texnik yordam avtomashinalari biriktirildi.
-Yo‘nalishlarda nosozlikka uchrab avtosaroyga qaytadigan avtobuslarni tezkor almashtirish maqsadida, jami 39 ta avtobuslar zaxirasi yaratildi.
- Anomal sovuq sharoitida zaruriy hisoblangan 315 litr “antigel”, 2 860 litr “antifriz” hamda 150 litr “texnik spirti” suyuqliklari avtosaroylarga tarqatildi va hozirda 300 litr antigel, 1 000 litr antifriz hamda 120 litr texnik spirt, 5 000 litr dvigatel moyi suyuqliklari zaxirasi tayyorlab qo‘yildi. Shuningdek, 175 ta shinalar, 142 ta akkumulyator va 2 998 ta boshqa turdagi ehtiyot qismlar zaxirasi yaratildi.
Muammolarni aniqlash va kompleks bartaraf etish choralarini ko‘rish Idoralararo tezkor shtab tomonidan har bir avtobus saroyi kesimida davom etmoqda.
Qayd etilishicha, anomal sovuq sharoitida zaruriy hisoblangan 315 litr “antigel”, 2 860 litr “antifriz” hamda 150 litr “texnik spirti” suyuqliklari avtosaroylarga tarqatildi.
Hozirda 300 litr antigel, 1 000 litr antifriz hamda 120 litr texnik spirt, 5 000 litr dvigatel moyi suyuqliklari zaxirasi tayyorlab qo‘yildi. Shuningdek, 175 ta shina, 142 ta akkumulyator va 2 998 ta boshqa turdagi ehtiyot qism zaxirasi yaratildi.
2023-yil 17-yanvar kuni holatiga ko‘ra, avtobuslarning yo‘nalishda yuzaga kelgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida 24 nafar texnik xodimdan iborat jami 8 ta brigada tuzilib, ularga shatakka olishga mo‘ljallangan 16 ta maxsus texnik yordam avtomashinasi biriktirildi.







