O'zbekiston

"Farg‘onaazot" sotilmoqda

Unga Singapur kompaniyasi xaridor bo‘lmoqda.

"Farg‘onaazot" sotilmoqda

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Farg‘onaazot» ustav kapitalidagi 99,02 foiz davlat aksiyalar paketini xususiylashtirish bo‘yicha Indorama Corporation (Singapur) kompaniyasi bilan kelishuvga erishilganini maʼlum qildi.

 

Joriy yil 16 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi arafasida Singapurda tashkil etilgan biznes-forumda «Farg‘onaazot» ustav kapitalidagi 99,02 foiz davlat aksiyalar paketi bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasining asosiy shartlari (Term sheet) to‘g‘risidagi Kelishuv imzolandi.

 

Xususiylashtirish jarayoniga Deloitte xalqaro konsalting kompaniyasi yetakchi konsultant, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) strategik maslahatchi, KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi esa mustaqil baholovchi sifatida jalb etildi.

 

Eng maqbul taklif Singapurning Indorama Corporation kompaniyasi tomonidan taqdim etildi. Taklifga ko‘ra, sotib olish qiymati qariyb 140 million dollar (130 mln. dollar va 107 mlrd. so‘m)ni tashkil etadi.

 

Shuningdek, investor tomonidan korxonani modernizatsiya qilish uchun 100 million dollar miqdoridagi investitsiya kiritish majburiyati olinadi.

 

Kelishilgan shartlarga ko‘ra, Investorning majburiyatlariga Korxonaning barcha joriy ijtimoiy dasturlarini saqlab qolinishi, jumladan, xodimlar sonini va ish haqlarini qisqartirmaslik, xodimlarning malakasini oshirish hamda zamonaviy ekologik nazorat tizimini ishlab chiqish kiradi.

 

Korxonani xususiylashtirish natijalari Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli qarori bilan maʼqullangan.

 

Bitimni to‘liq yakunlash uchun, Korxonaga ishlab chiqarish maqsadlari lozim bo‘lgan ehtiyojlarni, shu jumladan, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning erkin bozorini yo‘lga qo‘yish va tabiiy gaz taʼminoti kabi masalalarning normativ huquqiy yechimini taʼminlash zarur bo‘ladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

"Farg‘onaazot" sotilmoqda | Zamon.uz