“Hududgaz Toshkent” rahbari qamoqdan ozod qilindimi?
Viloyat prokuraturasi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarga izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Hududgaz Toshkent” rahbari Muzaffar Aliyevning qamoqdan ozod qilinganligi hamda ish joyida faoliyat olib borayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Xabar yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, tergov harakatlari davomida M.Aliyevga nisbatan qo‘llangan “qamoq“ ehtiyot chorasi “garov” ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan. Bundan tashqari, M.Aliyevning lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida Jinoyat ishlari bo‘yicha sudning ajrimi mavjud.
“Tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, — deyiladi xabarda.








