Londonda Ukrainani qayta tiklash konferensiyasi o'tkaziladi
Tadbir iyun oyiga rejalashtirilgan.

Iyun oyida Londonda Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Twitter’da.
“Jahon iqtisodiy forumida onlayn nutq soʻzlaganimda, Shveysariyaga Luganodagi tiklanish konferensiyasiga mezbonlik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdim”, — deb yozadi Ukraina bosh vaziri.
Shmigalning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Buyuk Britaniyaning bu yilgi anjumanga mezbonlik qilish qarorini qadrlaydi.
"Biz Ukrainani zudlik bilan tiklash uchun xalqaro yordamni kutamiz"— deb yozgan bosh vazir.







