O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev energiya taʼminotini yaxshilash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident gidroenergetikada salohiyat yuqoriligini taʼkidlab, quvvatlarni keskin oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev energiya taʼminotini yaxshilash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

 

Bugun, 19 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev energiya taʼminotini yaxshilash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi hamda gidroenergetika tarmog‘idagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

 

O‘zbekistonda energetika tizimini rivojlantirishda barcha manbalardan foydalanilmoqda. Mavjud quvvatlarni mustahkamlash bilan birga quyosh, shamol va gidro elektr inshootlari barpo etilmoqda.

 

Xususan, so‘nggi yillarda gidroenergetika yo‘nalishida 500 million dollarlik 27 ta loyiha amalga oshirilib, qo‘shimcha 260 megavattli quvvatlar yaratildi. “O‘zbekgidroenergo” tizimidagi stansiyalarning umumiy quvvati 2 ming megavattdan oshdi. Bu – yiliga 2 milliard kub metr tabiiy gaz tejalmoqda, degani.

 

Joriy yilda 197 megavattli 7 ta loyiha va 10 ta mikro gidroelektr stansiya ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Yana 438 megavattli 8 ta istiqbolli loyiha va 50 ta mikro GES qurish bo‘yicha ishlar boshlanadi.

 

Davlat rahbari gidroenergetikada salohiyat yuqoriligini taʼkidlab, quvvatlarni keskin oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Bu borada mikro gidroelektr stansiyalar qurish mumkin bo‘lgan 250 ta maydon aniqlangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, kelgusida bu inshootlarda yiliga 675 million kilovatt-soat elektr energiyasini ishlab chiqarib, 200 million kub metr gazni tejash mumkin.

 

Mikro GESlardan elektr energiyasini yuqori narxlarda sotib olish yo‘lga qo‘yilgach, sohaga tadbirkorlar qiziqishi ortdi.

 

Gidroenergetika inshootlari atrofidagi bo‘sh maydonlarda shamol va quyoshga moslashgan gibrid stansiyalar qurish bo‘yicha topshiriq berildi. U yerlarda tayyor infratuzilma borligi hisobiga xarajatlar kam bo‘ladi.

 

Davlat rahbari sohada mahalliylashtirish masalasiga ham to‘xtaldi. “Suvsanoatmash” aksiyadorlik jamiyatida mikro GES uskunalari, Toshkent viloyatida gidroagregatlar ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriq berildi.

 

Suv omborlarini boshqarishni raqamlashtirish, kadrlar malakasini oshirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

 

Yig‘ilishda aholini energiya bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari muhokama qilindi. Prezident mavjud barcha zaxiralarni ishga solish, yangi va istiqboldagi loyihalarni muddatidan kechiktirmagan holda amalga oshirish zarurligini taʼkidladi. 

 

Energiya tanqisligi sharoitida kunlik ishlab chiqarishni ko‘paytirish, resurslarni adolatli va samarali taqsimlab, joylarga izchil yetkazib berish, uzilishlarni tezkor bartaraf etish vazifalari belgilandi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev energiya taʼminotini yaxshilash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi | Zamon.uz