Tayvan o‘zini mustaqil deb eʼlon qiladimi?
Orol maʼmuriyati vakili bu masalaga oydinlik kiritdi.

Tayvan maʼmuriyati rahbari o‘rinbosari, hukmron Demokratik taraqqiyot partiyasi yetakchisi Lay Sinde orolning amalda mustaqil ekanini iddao qildi.
“Tayvan hozirning o‘zida mustaqil va suveren davlat hisoblanadi. Shu sababli uni mustaqil deb eʼlon qilishga ehtiyoj yo‘q. Tayvandagi Xitoy Respublikasining kelajagi faqatgina uning 23 million aholisi tomonidan hal qilinishi mumkin”, – degan u.
Maʼlumot o‘rnida: Tayvan 1949 yildan buyon o‘z administratsiyasi tomonidan boshqariladi. Rasmiy Pekin va jahon hamjamiyati orolni XXR tarkibidagi hudud deb hisoblaydi. Faqatgina 14 davlat uni mustaqil deb tan olgan.







