XVJ rahbari insoniyatni cho‘kayotgan Titanikka o‘xshatdi
Kristalina Georgiyeva bu fikriga izoh berdi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevaning aytishicha, bugungi kunda insoniyat iqlim inqirozi ko‘lamini hisobga olgan holda Titanikda ketayotganga o‘xshaydi. U bu fikrini Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida bildirdi.
“Biz hammamiz bir kemadamiz. Kechirasiz, lekin aslida biz Titanikdamiz. Endi insoniyatni himoya qilish uchun yuqori tezlikda rivojlanayotgan mamlakatlarni moliyalashtirishga eʼtibor qaratishimiz kerak”, — dedi u.
Shu bilan birga, Georgiyeva pessimistik ko‘rinishni istamasligini taʼkidladi.
“Menimcha, Janubiy Afrika nima qilish mumkinligini ko‘rish uchun ajoyib namuna. Muammo shundaki, bir-ikkita yorqin nuqta oldinga siljish uchun yetarli emas”, — deya xulosa qildi u.








