AQSH va Germaniya Ukrainaga tank yetkazib berish bo‘yicha kelisha olmadi
Berlin Kiyevga zirhli texnika berishni paysalga solib kelmoqda.

Pentagon rahbari Lloyd Ostin va Germaniyaning yangi mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukrainaga tanklar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Gap Leopard 2 tanklari haqida ketmoqda. Berlin bu texnikani Kiyevga yetkazib berishni ortga surib kelmoqda. Keyinchalik Olaf Shols AQSH Abram tanklarini bergan taqdirda u ham Kiyevga shu turdagi qurollarni yetkazib berishini maʼlum qilgandi.
Ostin bosim o‘tkazganiga qaramay, Pistorius yon bermagan. Ikki davlat mudofaa vazirlari uchrashuvi NATOning “Ramshtayn” bazasidagi yig‘ilishi arafasida o‘tkazildi.
CNN suhbatdoshi Vashingtondagi ayrim amaldorlarning noroziligiga sabab bo‘layotganini aytgan. Shu bilan birga nemis hukumatining o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishi ehtimoli past.
Germaniya tanklar bermayotgani Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan ham tanqid qilingandi. U Berlinni masalani ortga surmaslikka chaqirgan.







