O'zbekiston

Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya Elchisini qabul qildi

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya Elchisini qabul qildi

 

20-yanvar kuni Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Tim Torlotni qabul qildi.

 

Ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

 

Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi. Shu nuqtai nazardan, qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zaro tovar ayirboshlashni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

 

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim masalalar, xususan, ikki davlatning Afg‘oniston yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorligi muhokama qilindi.

 

Uchrashuv kun tartibidan, shuningdek, fan-taʼlim yo‘nalishidagi sheriklik aloqalarini rivojlantirish, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish va parlamentlararo muloqotni yana-da mustahkamlash masalalari ham o‘rin oldi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.