Farg‘onada suv toshqini bo‘lgani aytilmoqda — video
Ijtimoiy tarmoqlarda Uchko‘prik tumanida suv inshootlaridan suv toshayotgani aks etgan video tarqaldi.

Gidrometeorog Erkin Abdulahatov telegram kanali orqali Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida suv inshootlaridan birida suv toshish hodisalari bo‘lgani haqida video joyladi.
Kanal va turli suv inshoot obyektlarida sovuq omili sabab, suvning muzlashi mana shunday suv toshqinlari bo‘lishiga olib kelayotgan ko‘rinadi. Suv inshootlarida suvning muzlashining mana shunday xunuk oqibatlari kuzatilishi mumkin.
Yaʼni muzlagan kanallarga to‘satdan ko‘p miqdorda suv ochish, muzlash omili sabab, suvning kanal o‘zaniga sig‘masdan toshib ketishiga olib kelishi mumkin.
"FVVning joylardagi boshqarma hamda bo‘linmalari va Davsuvnazorat inspeksiya davlat unitar korxona mutaxassislari joylardagi suv obyektlari texnik holatini ko‘zdan kechirib qo‘yishsa yomon bo‘lmasdi", — deya qo‘shimcha qilgan E.Abdulahatov.







