G‘arbning yordami mojaroni yangi bosqichga olib chiqadi — Peskov
Putinning matbuot kotibi Kiyevda allaqachon hujumkor vositalar borligini taʼkidladi.

Ukrainani RF hududiga zarba berish uchun qurol-yarog‘ bilan taʼminlansa, G‘arb davlatlari mojaroni yangi bosqichga olib chiqqan bo‘ladi. Bu haqda prezident Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.
U, shuningdek, bunday taʼminot haqidagi munozaralar ham "o‘ta xavfli" ekanini taʼkidladi.
"Bu mojaroni yangi darajaga olib chiqishni anglatadi, bu global va umumevropa xavfsizligi nuqtai nazaridan yaxshi natija bermaydi", — deydi Peskov.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina allaqachon hujumkor qurolga ega.
“Uning yordamida Rossiya hududiga har kuni doimiy zarbalar berib turadi, men bizning yangi hududlarimizni nazarda tutyapman”, — deb qo‘shimcha qilgan u.







