O‘zbekiston Airbus'dan yangi samolyotlar sotib oladi
Xarid qilinayotgan samolyotlar qaysi yo‘nalishlarga qo‘yiladi?

Fransiyaning samolyotlar ishlab chiqaruvchi Airbus kompaniyasi «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi sayohatga bo‘lgan talab ortib borayotgan bir sharoitda o‘z parkini modernizasiya qilish va kengaytirishni davom ettirmoqchi bo‘lganligi sababli, 12 ta A320neo samolyotiga buyurtma berganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, aviakompaniya parkida ayni paytda Airbus’ning 17 ta A320 samolyotlari bo‘lib, yangi xarid qilinadigan samolyotlarning qaysi yo‘nalishlarga qo‘yilishi haqida biror tasdiqlangan xabar yo‘q. Biroq A320neo samolyotlari «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK parkida bo‘lgan 11 ta A320-200 uchoqlari (o‘rtacha yoshi 11,3 yil)ni almashtirishi ham mumkin.
«Airbus bilan imzolangan shartnoma yo‘lovchilarimizga eng zamonaviy va qulay havo kemalarini taqdim etishga qaratilgan aviaparkimizni modernizasiya qilishga oid strategiyamizdagi yangi qadamdir», – deydi O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi boshqaruvi raisi Ilhom Mahkamov.







