O‘zbekistonda piyozning narxi nega keskin ko‘tarilib ketdi?
Bunga nima sabab bo‘lgani ochiqlandi.

Bu borada ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘q, chunki:
20-yanvardan 30-aprelga qadar aholiga 346 ming tonna piyoz kerak bo‘ladi.
Bugungi kunda jami 319 ming tonna piyoz mahsuloti borligi viloyatlar tomonidan tasdiqlangan.
Zaxiraning biroz yetmayotgan qismi import qilish orqali to‘ldiriladi.
Shu bilan birga, janubiy viloyatlarda bahor kelishi bilan piyozning ertapishar navi yetishtirib olinadi.
O‘zbekistonning o‘zi esa 1-yanvardan piyoz eksportiga 4 oylik cheklov joriy qildi.







