O'zbekiston

Rasul Kusherbayev poytaxtga hokim bo‘ladimi?

Sobiq deputat Toshkent hokimi etib tayinlanishi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi.

Rasul Kusherbayev poytaxtga hokim bo‘ladimi?

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi sobiq deputati, jamoatchilik faoli Rasul Kusherbayev o‘zining Toshkent shahar hokimi sifatida tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.

 

«To‘g‘risi, ikki kun oldin ertalab tursam, shunaqa gap tarqalib ketibdi. O‘zim ham hayron bo‘ldim, bu odamlarning xohishi bo‘lishi mumkin. Lekin aniqki, rahbariyatning emas. Men shunday deb o‘ylayapman.

Rahbariyat buni xohlamaydi, chunki yoqadimi-yo‘qmi, hokimliklarda hokimlarga bo‘ladigan qonuniy topshiriqlardan ko‘ra, noqonuniy topshiriqlar juda ham ko‘p. Va hokimlar o‘zlari istagan-istamagan holda noqonuniy topshiriqlarni ham bajarishga majbur bo‘lishadi. Masalan, o‘tgan yili SHHTning Samarqandda yig‘ilishi bo‘ldi va o‘sha yerda ular Samarqandga temir yo‘l bo‘yicha yurib borishadi deb, temir yo‘l bo‘yidagi ko‘p joylarni buzdirib tashlashdi. Hukumat topshiriq beryapti protokol bilan, 15 kun yoki 10 muddatda buzdirasan deb.

Vaholanki, qonun va hukumatning 467-sonli qarori bo‘yicha qurilmani aniqlab, sud orqali buzdirishga 1—1,5 oy vaqt ketadi. Bu qonuniy yo‘l. Bular esa 15 kun vaqt beryapti. Borib, Yangiyo‘l shahar hokimi qonunga qaramasdan, hukumatni topshirig‘i deb gumburlatib buzib tashlayapti. Mana oqibat, qonunan olsangiz, hokim qonunni buzdi. Lekin bunga kelganda prokuror va boshqalar ko‘z yumib turdi. Negaki, u hukumatning topshirig‘ini bajardi deb», — deydi Kusherbayev.

 

 

Eslatib o‘tamiz, dekabr oxirlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini yakunlashini maʼlum qilgandi.

 

Keyinroq Markaziy Saylov komissiyasi yig‘ilishida komissiya aʼzolar bir ovozdan uning mandatini tugatishni qo‘llagan va qarshilar bo‘lmagan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Rasul Kusherbayev poytaxtga hokim bo‘ladimi? | Zamon.uz