Xitoyda qor ko‘chkisi tunelni bosib qoldi
Hodisa oqibatida qurbonlar bor.

Xitoyning Tibet muxtor rayonida qor ko‘chkisi tunelni bosib qoldi. Oqibatda 13 kishi halok bo‘lgan.
Sinxua agentligiga ko‘ra, hodisa seshanba kuni yuz bergan. Qutqaruv ishlariga mingga yaqin kishi jalb qilingan.
Bundan oldin 8 kishi qurbon bo‘lgani haqida aytilgandi.







