Ertaga Toshkentning ayrim joylarida gaz o‘chiriladi
Shahar hokimligi bu bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

Ertaga, 22-yanvar kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bir necha manzilgohlarda vaqtincha gaz taʼminoti to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanining Amir Temur mahallasidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvurida nosozlik aniqlangan. Uni bartaraf etish maqsadida 22 yanvar kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar “Geofizika”, “Tabassum”, “Soy bo‘yi”, “Matonat”, “Bunyodkorlik” va “Vatan” ko‘chalarida gaz taʼminoti to‘xtatiladi.
“Hududgaz poytaxt” yuzaga kelgan noqulaylik aholidan uchun uzr so‘ragan.








