“O‘zgidromet” 21-yanvar uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi
Bugun ikkita viloyatda qor yog‘ishi kutilyapti.

“O‘zgidromet” 21-yanvar kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, baʼzi joylarda 17 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, baʼzi joylarda 15-17 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, baʼzi joylarda 5 daraja sovuqqacha bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida biroz qor yog‘ishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, baʼzi joylarda 11-13 daraja sovuqqacha, kunduzi3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, baʼzi joylarda 15-17 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida baʼzi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.








