Rossiya Ukrainada qancha askaridan ayrildi?
AQSH generali bu boradagi prognozlarni ochiqladi.

Rossiya Ukrainada 100 ming askaridan ayrildi, ammo urushda tezkor g‘alabaning imkoni yo‘q. Bu haqda AQSH shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milli ma’lum qildi.
Uning fikricha, harbiy nuqtai nazardan 2023 yilda ruslarni Ukraina zaminidan siqib chiqarish o‘ta mushkul bo‘ladi. Shu bilan birga, bu imkonsiz ish emas.
Milli Ukraina qarshi hujumi xalqaro hamkorlarning zamonaviy qurollarni qay darajada tezkor yetkazib berishiga bog‘liq.
"O‘ta murakkab urush. Har ikki tomonda qurbonlar ko‘p", — degan general.
Bundan tashqari, qo‘mondon Rossiya uchun urush mutlaq halokatga aylanib borayotganini qayd etgan. U Ukraina ham ko‘plab askarlaridan ayrilganini aytgan, ammo aniq raqamlarni keltirmagan.







