O'zbekiston

Samarqandda 1 mlrd kredit “uxlatildi”

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Samarqandda 1 mlrd kredit “uxlatildi”

 

Imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

 

Qayd etilishicha, departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda, “J.A.” MCHJ rahbari K.R. hududiy tijorat banki filialidan mebel jihozlari va maishiy texnika vositalarini sotib olish uchun 1 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, maishiy texnika vositalarini boshqa shaxslarga naqd pulga sotib yuborib, ushbu mablag‘larni talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

 

Departamentning Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT Z.G‘. va boshqalar tijorat banki filialidan tikuvchilik dastgohlarini sotib olish uchun 245 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni “A.U.” MCHJ hisob raqamiga o‘tkazish orqali naqdlashtirib olganliklari aniqlangan.

 

Departamentning Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa “I.T.”, “I.Y” MCHJ rahbari V.F. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tijorat banki filialidan 5 nafar fuqaro nomiga ularning xabardorligisiz mototransport va boshqa asbob-uskunalar sotib olish uchun 157,8 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Samarqandda 1 mlrd kredit “uxlatildi” | Zamon.uz