O'zbekiston

Samarqandda kelin-kuyovning o‘limi yuzasidan tekshiruv boshlandi

Holat bo‘yicha Bosh prokuratura qo‘shimcha maʼlumot berdi.

Samarqandda kelin-kuyovning o‘limi yuzasidan tekshiruv boshlandi

 

Avvalroq Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etgani xabar qilingandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.

 

Aniqlanishicha, 16 yanvar kuni Kattaqo‘rg‘on tumani Oltinsoy qishlog‘ida yashagan 26 yoshli erkak va uning 18 yoshli turmush o‘rtog‘i yashash xonadonida is gazidan zaharlanib vafot etgan.

 

Shu kuni marhumlar yaqin qarindoshlari tomonidan dafn etilgan.  Biroq Kattaqo‘rg‘on tumani IIB va tibbiyot birlashmasiga ham kelin-kuyov vafot etganlari haqida xabar kelib tushmagan.

 

Marhumlarning yaqinlari ushbu holat haqida ichki ishlar organlari va boshqa tashkilotlarga xabar bermaganliklari aniqlangan.

 

Tekshirish davomida Kattaqo‘rg‘on tuman IIB, tuman hokimligi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi, tuman Oila va xotin qizlar bo‘limi hamda «Samarqand hududgaz» korxonasiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

 

Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, marhumlarning o‘lim sabablariga aniqlik kiritilmoqda. Tekshirish harakatlari davom etmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda kelin-kuyovning o‘limi yuzasidan tekshiruv boshlandi | Zamon.uz