Tibetdagi qor ko‘chkichida salkam 30 kishi vafot etdi
Hodisa joyiga 1300 dan ortiq qutqaruvchi jalb qilingan

Tibetda qor ko‘chkisi sabab kamida 28 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sputnik” nashri yozmoqda.
Maʼlum qilinishicha, hodisa 17-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Oqibatda odamlar Medog va Maynling okruglarini bog‘laydigan avtotunnelda qolib ketishgan.
Bir necha kun davom etgan qutqaruv operatsiyasiga 1300 dan ortiq qutqaruvchi jalb qilingan.
“Omon qolgan 53 kishi tunneldan olib chiqildi, ulardan 5 nafari og‘ir yaralandi”, — deyiladi xabarda.








