Asalarilar tufayli samolyot parvozi bekor qilindi
“Asalari fitnasi” amalga oshib, samolyot almashtirildi.

“Asalari fitnasi” multfilmi esingizdami? Multfilm oxirida asalarilar boshqaruvni yo‘qotgan samolyotni qo‘ndirishga yordam beradi. Xuddi shu holatning teskarisi real hayotda yuz berdi.
Gap shundaki, Rio-de-Janeyrodan San-Pauluga uchishi kerak bo‘lgan LATAM aviakompaniyasi samolyotiga kutilmaganda arilar hujum qildi. Hasharotlar to‘dasi samolyotning chap qanotida, dvigatelga yaqin joyga qo‘nib, uchib ketishdan bosh tortgan.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan parvoz avval kechiktirildi. Ammo 3 soat o‘tsa hamki, arilar uchib ketmagach, bortdagilar boshqa reysga o‘tkazildi.








