O'zbekiston

Bolaning tez-tez shamollashi adenoid alomatimi?

Bu bo‘yicha mutaxassis maʼlumot berdi.

Bolaning tez-tez shamollashi adenoid alomatimi?

 

Bolaning sog‘lom ulg‘ayishi alohida parvarishni talab etadi. Biroq baʼzan bu ishga masʼuliyat bilan yondashilsa-da, ularda shamollash yoki grippga chalinish holatlari ko‘p uchraydi. Ayniqsa, qishning sovuq kunlarida bu holat tez-tez takrorlanishi ota-onalarni tashvishga solishi aniq.

 

Shifokorlarning taʼkidlashicha, yosh bolalarda ushbu holat ko‘pincha adenoid kasalligi sababli qaytalanadi.

 

adenoid – burun-halqum bo‘shlig‘ida joylashgan bodomsimon (murtak) bezning kattalashuvi. Uning asosiy vazifasi tanani turli bakteriya va viruslardan himoyalashdir.

 

Ushbu bez infeksiyalarga qarshi kurashish uchun ko‘plab immunitet hujayralari ishlab chiqarishi oqibatida kattalashib boradi. Virus yoki bakteriyalar yo‘qolishi bilan yana o‘z holiga qaytadi.

 

Bodomsimon bez to‘qimalarining patologik o‘sishi odatda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda ko‘p uchraydi. Uning kelib chiqishiga asosan turli yuqumli kasalliklar – qizamiq, difteriya, angina, gripp, kuchsiz immunitet va allergiyaga moyillik sabab bo‘ladi. Baʼzida irsiy omillar ham adenoid rivojlanishiga zamin yaratadi.

 

Kasallik paytida burun yo‘li berkilib, bola asosan og‘izdan nafas oladi. Bu esa organizmda kislorod yetishmasligiga olib keladi. Tez-tez shamollash, holsizlik, uyqusizlik, hid bilish va eshitish qobiliyatining pasayishi, yutinish bilan bog‘liq muammolar, talaffuzdagi o‘zgarishlar, uxlaganda xurrak otish hamda yuqori jag‘ tishlarining noto‘g‘ri rivojlanishi ham adenoid alomatlari bo‘lishi mumkin.

 

Agar xastalik o‘z vaqtida davolanmasa, nafas olish funksiyasi va miyada qon aylanishi buziladi. Xotira zaiflashib, nevrologik va psixik o‘zgarishlarga olib keladi. Shuningdek, kamqonlik, gaymorit, frontit kabi nafas yo‘llari kasalliklari, yiringli otit ham adenoid asoratlaridir.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.