Boris Jonson Kiyevga keldi
Zelenskiy Britaniya sobiq bosh vazirini Ukrainaning haqiqiy do‘sti deb atagan.

Vladimir Zelenskiy Kiyevda Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson bilan uchrashdi.
Yakshanba kuni ertalab ukrainalik deputat Oleksiy Goncharenko Jonson Ukrainaga kelganini ma’lum qilgandi.
“Boris Jonson Ukrainaning haqiqiy do‘sti. Boris, qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat”, — deb yozdi Zelenskiy o‘zining Telegram kanalida.
Britaniya hukumatining sobiq rahbari, shuningdek, Bucha shahriga ham borgani aytilmoqda.








